AQSh muhojirlar uchun eshiklarini ochadi

Meksika hududida Amerika hukumati qarorini kutayotgan o‘n minglab boshpana umidida bo‘lganlarning birinchi guruhi AQSh chegarasini kesib o‘tishdi.

Bu AQShdan boshpana izlovchilar sud majlisini bir necha oylab Meksikada kutishga majbur bo‘lgan Tramp dasturini tugatishga qaror qilgan Jo Bayden ma’muriyati tomonidan radikal immigratsiya islohotlarining birinchi bosqichidir.

Endi AQSh hukumati Meksika va xalqaro tashkilotlar bilan ishlaydi. Migrantlarga virtual ro‘yxatdan o‘tishda, koronavirus testlarida va chegaradan o‘tkazishda yordam beriladi. Rasmiy protsedurani boshlagan muhojirlar esa AQShga ko‘chib o‘tishi va arizasi ko‘rib chiqilishini mamlakatning o‘zida kutishi mumkin bo‘ladi.

O‘tgan hafta AQShning yangi prezidenti Meksika bilan chegarada devor qurilishini to‘xtatdi. 18 fevral kuni esa demokratlar AQShda yashovchi 11 million hujjatsiz muhojirga fuqarolik berish rejasini o‘z ichiga olgan Baydenning qonun loyihasini e’lon qilishdi.