Avtokross bo‘yicha O‘zbekiston kubogi g‘oliblari aniqlandi
- 17.02.2025 16:54
- 122
- Sport
Urgut tumanidagi maxsus avtodromda avtokross bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Ikki kun davom etgan musobaqada respublikamizning turli hududlaridan 50 nafardan ziyod sprotchi “A-7”, “A-8”, “NU” va “Baggi” sinflarida poygalarda qatnashdi.
Musobaqada umumjamoa hisobida Toshkent shahri jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarni Samarqand va Jizzax viloyatlari jamoalari egalladi.
G‘oliblar va yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilar “Vatanparvar” tashkilotining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Teglar:
avtokross
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
“Qishloqilar” aybdormi?
- Bugun, 14:05
- Jamiyat
Samarqandda dendrologiya bog‘i tashkil etildi
- Bugun, 12:38
- Samarqand
Kosmonavtlar ellik yildan keyin yana Oyga uchishdi
- Bugun, 11:01
- Xorij