Samarqandning So‘lim qo‘rg‘onida ilk bor avtokross o‘tkazilmoqda

“Vatanparvar” tashkiloti respublika texnik va amaliy sport turlari markazi hamda tashkilotning viloyat kengashi tashabbusi bilan Samarqand shahridagi So‘lim qo‘rg‘oni (Xishrav)dagi avtodromda avtokross sport turi bo‘yicha viloyat ochiq birinchiligi o‘tkazilmoqda.

Birinchi marta tashkil etilgan bellashuvda viloyatimiz vakillari bilan birga Buxoro, Jizzax viloyatilari hamda Toshkent shahridan kelgan 50 nafarga yaqin sportchilar maxsus avtomashinalarida belgilangan 1200 metr masofani 6 marta bosib o‘tmoqda.

Musobaqada 31 ta avtomobilda avtokrosslar “Baggi” hamda A-7, A-8 klass turlari bo‘yicha bir-birlarini quvib o‘tmoqda. Asosiy bellashuvlar ertaga 09:00 da boshlanadi.

Husan Eltoyev.