Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Baxtli hayot uchun maslahatlar

1. O‘zing uchun pulni ayama.
2. Yoqyaptimi – ayt.

3. Bugungi kun bilan yasha: kecha o‘tdi, erta – bo‘ladimi, yo‘qmi.

4. Tushunmadingmi – so‘ra.
5. Uchrashmoqchimisan – taklif qil.

6. Nimadir xohlaysanmi – iltimos qil.
7. Bahslashmaslikka intil.

8. Tushunishlarini istaysanmi – tushuntir.
9. Aybing bormi – buni darhol ayt va oqlagani bahona izlama.

10. Unutma: har kimning o‘z haqiqati bor va u ko‘p ham sening haqiqatingga mos kelavermaydi.
11. Ahmoqlar bilan muloqotdan chetlan.

12. Hayotda eng muhimi – mehr, qolganlari – arzimas ishlar.
13. Insonning muammolari faqat uning ongidadir.

14. Atrof-olam yovuz ham, mehribon ham emas, bormisan, yo‘qmisan – unga baribir.
15. Har bir voqeadan zavq olishga harakat qil.

16. Doimo yodda tut: hayot bir marta berilgan.
17. Ezma bo‘lma.

18. Televizor ko‘rma, yo‘qsa uloqchaga aylanib qolasan.
19. Unutma, hech kimning oldida tiling qisiq emas.
20. Unutma, hech kim sening oldingda tili qisiq emas.

21. Siyosat bilan shug‘ullanma, u odamlarni yovuzlashtiradi.
22. Doimo faqat o‘z kuchingga ishon.
23. Va’dalarga emas, hissiyotlaringga tayan.

24. Ayollarga bolalarga bo‘lganidek sabr va xayrixohlik bilan muomalada bo‘l.
25. Ayollarni aya – ularga yashash qiyinroq.

26. Kayfiyating yomon bo‘lsa, esga ol: o‘lganingda shu ham bo‘lmaydi.
27. Tushun: buguning sen uchun hayotingdagi eng yaxshi kun.