Bayden Makronga oyna sovg‘a qildi
AQSh va Fransiya prezidentlari Jo Bayden va Emmanuel Makron qimmat va mazmunli sovg‘alar almashishdi, deya xabar berdi ikki davlat oliy mansabdor shaxslari matbuot xizmatlari Fransiya rahbarining Vashingtonga davlat tashrifi chog‘ida.
Amerika yetakchisi bugun “do‘sti” deb atagan hamkasbiga Oq uy hududidan to‘plangan yog‘ochdan yasalgan oyna sovg‘a qildi. Matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, bu Oq uy kolleksiyasidagi bezak bo‘lgan.
Bundan tashqari, Bayden Makronga amerikalik musiqachilar tomonidan yozilgan vinil plastinkalar to‘plamini, shuningdek, amerikalik ixtirochi Tomas Edison 1877 yilda yaratgan birinchi fonograf patentining arxiv nusxasini taqdim etdi. Makronning rafiqasiga AQShning birinchi juftligi amerika-fransuz dizayneri tomonidan yasalgan oltin va zumraddan kulon sovg‘a qilishdi.
Makron, o‘z navbatida, Bayden va uning rafiqasi ilk uchrashuvlarida tomosha qilgan, 1966 yilda suratga olingan "Erkak va ayol" filmiga saundtrek yozilgan vinil plastinka va disk olib keldi, deydi Yelisey saroyi. Bundan tashqari, fransiyalik mehmon Amerika prezidentiga ikki davlat o‘rtasidagi ilk tarixiy rishta ramzi deb, 2012 yilda Christof uyi tomonidan tayyorlangan jom, dunyoga mashhur fransuz brendi - "Saint James"dan sviter va LIP firmasi soatini sovg‘a qilgan.