Baydenga qayta saylanishga yoshi va Florida gubernatori to‘sqinlik qilishi mumkin
“Ishni oxirigacha yetkazish” — shunday shior ostida Jo Bayden ketma-ket ikkinchi prezidentlik kampaniyasiga kirishmoqda.
Ammo bir qarashda uning nomzodi ishonchli ko‘rinadi - 2 yil davomida demokratlar ma’muriyati postida unga munosib raqobatchi topilmadi, deyiladi Euronews xabarida.
Shu bilan birga, 70 yil ichida Baydenning reytingi so‘nggi prezidentlar orasida eng past ko‘rsatkichlarda turibdi.
Demokratlar va saylovchilar "ishni oxiriga yetkazishda" Baydenga yoshi xalaqit berishidan qo‘rqishadi. Ehtimoliy ikkinchi muddat oxirida u 86 yoshga to‘ladi.
Agar Baydenning demokratlar tomonida raqobati yo‘qdek tuyulsa, Donald Tramp muammoga duch kelishi mumkin.
Undan tashqari 4 nafar nomzod allaqachon saylovda qatnashmoqda - ular orasida BMTning sobiq elchisi Nikki Xeyli ham bor.
Ammo tahlilchilarga ko‘ra, oldinga siljishda Tramp uchun ham, Jo Bayden uchun ham eng katta xavf Florida gubernatori, hali o‘z nomzodini ko‘rsatmagan Amerika o‘nglari yulduzi Ron Desantis bo‘lishi mumkin. So‘rovlarga ko‘ra, o‘ta konservativ Bayden bilan yakuniy kurashda Oq uyning amaldagi rahbarini chetlab o‘tadi.