Bayden 2024 yilgi AQSh prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yishini e’lon qildi

Jo Bayden 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentlik saylovlarida yangi muddatga o‘z nomzodini qo‘yishini rasman e’lon qildi.

"Har bir avlodning demokratiya uchun turib berish kerak bo‘lgan lahzalari bor. Shuning uchun men prezidentlikka nomzodimni qo‘yyapman", degan seshanba kuni amaldagi rahbar vatandoshlariga o‘zining Twitter sahifasida.

Shuningdek, AQShning amaldagi vitse-prezidenti Kamala Xarris 2024 yilgi saylovlarda Jo Bayden bilan birga qatnashishga tayyorligini ma’lum qilgan. Bu haqda ham siyosatchi seshanba kuni Twitterdagi sahifasida ma’lum qilgan.

"Amerikaliklar sifatida biz erkinlikka va demokratiya uchun qanchalik kurashishga tayyor bo‘lsak, u shuncha kuchli bo‘lishiga ishonamiz. Shuning uchun ham Jo Bayden va men qayta saylanish uchun kurashamiz", degan Xarris amerikaliklarga murojaatida.