Kattaqo‘rg‘on shahrida Kattaqo‘rg‘onda qo‘lbola uskunada yog‘ ishlab chiqargan shaxs aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida “H.” oilaviy korxonasi rahbari A.I. qonunga xilof faoliyat yuritayotgani aniqlandi. U Navbahor mahallasidagi xonadonida yashirin sex tashkil etgan.
Mazkur sexda qo‘lbola juvoz uskunasi orqali yog‘ ishlab chiqargan.
Tekshiruv paytida undan 2 ta juvoz uskunasi va 2 ta elektr dvigateli topildi. Shuningdek, boshqa mahsulotlar ham ashyoviy dalil sifatida olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.