Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi
Davlatimiz rahbari “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” Farmon (2026 yil 23 iyun) qabul qildi.
Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 7 foizga oshiriladi.
Bunda:
* yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 983 000 so‘m;
* nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 083 000 so‘m;
- Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
* 3 yoshgacha bo‘lgan 1 ta kichik farzandi uchun – 386 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 1 ta farzandi uchun – 295 000 so‘m;
* oilaning 2-farzandi uchun qo‘shimcha – 177 000 so‘m;
* oilaning 3- va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 118 000 so‘m;
- Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 450 000 so‘m etib belgilandi.
2026 yil 1 sentyabrdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi.
2026 yil 1 iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 504 000 so‘m etib belgilandi.
2026 yil 1 sentyabrdan:
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 360 000 so‘m;
- bazaviy hisoblash miqdori – 440 000 so‘m etib belgilandi.