Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

Xorijdan qaytdingizmi? OIVni aeroportning o‘zida aniqlang!

Viloyatda mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari orasida OIV infeksiyasini kamaytirish va erta aniqlash maqsadida Samarqand xalqaro aeroportiga OIV infeksiyasini aniqlashga mo‘ljallangan taksomat o‘rnatildi.

Endilikda xorijda 3 oydan ortiq chet davlatda bo‘lib qaytgan yoki xorij fuqarolari o‘zlarida OIV infeksiyasi bor-yo‘qligini aniqlash imkoniyati aeroportning o‘zida mavjud. Buning uchun so‘lak testlari (o‘z-o‘zini tekshirish) uchun topshirishning o‘zi kifoya.

So‘lak testi orqali 30 daqiqada o‘z holatingizni bilish imkoniyati bor. Testdan qo‘rqmaslik kerak, bunda OIVni aniqlash uchun qon shart emas. Ekspress-test mutlaqo bepul. Yo‘riqnomadan foydalangan holda, monitordagi roliklarni kuzatish lozim. Ko‘rsatilgan yo‘riqnomalar asosida o‘z-o‘zingizni tekshiring. Agar testingizda musbat natija aniqlansa, ya’ni ekspress-testda 30 daqiqadan keyin 2 ta chiziq paydo bo‘lsa, albatta OITSga qarshi kurash markaziga murojaat qiling.

Dildora Ahmedova,
viloyat OITSga karshi kurash markazi mutaxassisi.