Aeroportda alkogol va tamaki mahsulotlari bilan "yashil yo‘lak"dan o‘tayotgan shaxs aniqlandi
- 21.04.2022 14:46
- 90
- O‘zbekiston
Samarqand xalqaro aeroportiga “Domodedovo-Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan fuqaro Sh.A. “yashil yo‘lak” orqali o‘tayotganida unda tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan ortiqcha yuk borligi uchun to‘xtatildi.
Buning sababi boshqa bo‘lib chiqdi: uning bagaj-sumkasida alkogol va tamaki mahsulotlari bor ekan. Bojxona va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan Sh.A.ga tegishli umumiy qiymati 14,7 million so‘mlik alkogol va tamaki mahsulotlarini rasmiylashtirilib olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 aprelidan boshlab Samarqand shahridagi yangi xalqaro aeroportda “sezilmaydigan bojxona nazorati” tizimi joriy qilingan.
Viloyat bojxona boshqarmasi
axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa