Samarqandda qariyb 20 ming quti tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB JQB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahridagi “Siyob dehqon bozori" MChJ oldida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqarolar S.Q., R.A. va U.I. o‘zaro til biriktirib, hech qanday hujjatsiz 55 xil turdagi 3 472 quti tamaki mahsulotini sotayotganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlarning “yama”sini aniqlash maqsadida davom etgan tadbirda “Sh.” savdo majmuasining omborxonasidan 34 xil turdagi yana 19 280 quti, tadbir yakuni bo‘yicha umumiy bahosi 323,3 mln so‘mlik tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishii qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.