O‘zbekistonda aholining o‘rtacha yoshi 29,5 yoshni tashkil qildi

Bu holat esa O‘zbekistonning dunyoda yosh mamlakatlardan biri ekanini anglatadi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda eng katta yoshli aholi Toshkent shahrida yashasa, eng yosh aholi Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etilgan. Samarqand esa respublika natijasidan-da past: 28,5 yosh.
2026 yil 1 yanvar holatiga aholining o‘rtacha yoshi quyidagicha taqsimlangan:
Toshkent shahri — 32,7 yosh
Buxoro viloyati — 31,1 yosh
Toshkent viloyati — 31 yosh
Navoiy viloyati — 30,1 yosh
Farg‘ona viloyati — 30 yosh
Qoraqalpog‘iston — 29,8 yosh
Andijon viloyati — 29,5 yosh
Xorazm viloyati — 29,5 yosh
Namangan viloyati — 29 yosh
Sirdaryo viloyati — 28,7 yosh
Samarqand viloyati — 28,5 yosh
Jizzax viloyati — 28,4 yosh
Qashqadaryo viloyati — 27,7 yosh
Surxondaryo viloyati — 27,4 yosh
O‘rtacha yosh mamlakat demografiyasi, mehnat bozori va ijtimoiy siyosat uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
Toshkent shahrida o‘rtacha yoshning yuqori bo‘lishiga mehnat migratsiyasi, talabalarning keyinchalik poytaxtda qolishi va tug‘ilish darajasining nisbatan pastroq ekani ta’sir qilishi mumkin.
Surxondaryo va Qashqadaryoda esa aholi yoshroq bo‘lib, bu hududlarda tug‘ilish ko‘rsatkichlari yuqoriligicha qolayotganini anglatadi.