Dunyodagi eng ko‘p pul ishlab topadigan sportchilar

2025 yil reytingi e’lon qilinganidan buyon o‘tgan 12 oy ichida dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi o‘nta sportchisi 1,4 milliard dollardan ortiq daromad olgan.

Krishtianu Ronaldu bu poygada yetakchiligicha qolmoqda. Portugaliyalik fenomen 40 yoshdan oshgan bo‘lsa-da, u maydonda ham, maydon tashqarisida ham g‘oliblikni qo‘ldan bermayapti.

Qolaversa, reytingdagi eng yaxshi uchta sportchini sport me’yorlari bo‘yicha faxriy deb hisoblash mumkin: hozirda Krishtianu Ronaldu 41, Lionel Messi 38  va LeBron Jeyms 41 yoshda ekanligi ularning yillik daromadi boshqa 10 ta eng yaxshi sportchi ishlab topganini jamlab hisoblagandan ko‘ra ko‘proq bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Krishtianu Ronalduyiliga 300 million AQSh dollari

sportda: 235 million dollar;
sportdan tashqarida: 65 million dollar

2021 yilning fevral oyida Ronaldu Facebook, Instagram va Twitterda 500 million obunachiga erishgan dunyodagi birinchi odam bo‘ldi. Bugungi kunda esa uning 942 milliondan ortiq obunachisi bor.

«Nike» bilan umrbod shartnoma, boshqa reklama shartnomalari va futbol maydonidan tashqarida Ronaldu CR7 brendi ostidagi kiyim-kechak, aksessuarlar, mehmonxonalar va sport zallari orqali pul ishlab topadi. 

Saul Kanelo Alvaresyiliga 170 million AQSh dollar 

sportda: 160 million;
sportdan tashqarida:  10 million dollar.

Forbes jurnalining 2023 yilgi hisob-kitoblariga ko‘ra qishloqda qashshoqlikda o‘sgan va bir paytlar 40 dollar uchun kurashgan bokschi Alvaresning kamida 275 million AQSh dollari bor.

So‘nggi yillarda Alvares Meksikaning g‘arbiy qismidagi Canelo Energy  deb nomlangan yoqilg‘i quyish shoxobchalari va Upper do‘konlar tarmog‘ini ishga tushirdi.

Lionel Messi yiliga 140 million AQSh dollari

sportda: 70 million dollar;
sportdan tashqarida: 70 million dollar.

2023 yilda Messi sakkizinchi marta dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi. 2019 yilda u o‘zining kiyim-kechak liniyasini ishga tushirdi va Barselonada o‘zining birinchi chakana savdo Messi Store  do‘konini ochdi. Uning Adidas bilan umrbod shartnomasi ham bor.

LeBron Jeyms yiliga 137,8 million AQSh dollari 

sportda: 52,8 million dollar;
sportdan tashqarida: 85 million dollar.

LeBron Jeyms nafaqaga chiqishdan oldin milliarderga aylangan tarixdagi birinchi NBA basketbolchisidir. Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, u Nike kabi brendlar bilan kelishuv bitimlari va o‘zining biznes tashabbuslari tufayli taxminan 1 milliard AQSh dollarishlab topgan. Jeymsning Oila fondi 2018 yilda o‘zining birinchi boshlang‘ich maktabini ochdi va bolalarning kelajakda kollejda kirib, tahsil olishi uchun 40 million dollardan ortiq mablag‘ ajratishga vada berdi.

Karim Benzema —  yiliga 104 million AQSh dollari 

sportda:  100 million dollar;
sportdan t ashqarida: 4 million dollar.

Fransiyaning to‘rt karra yilning eng yaxshi futbolchisi va 2022 yilgi dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida "Oltin to‘p" sohibi Karim Benzema sport anjomlari ishlab chiqaruvchi Adidas bilan uzoq yillik shartnomaga ega. Shuningdek, u Saudiya Arabistonidagi Assaf va “Reef Perfumes hashamatli parfyumeriya brend kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi.

Lyuis Hemilton — yiliga 100 million AQSh dollari

sportda: 70 million dollar;
sportdan tashqarida: 30 million dollar.

2020 yilda Hyemilton «Formula-1»  chempionligini qo‘lga kiritdi va Mixail Shumaxerning yetti martalik rekordini takrorladi. Sportdagi eng ko‘p talab qilinadigan sportchilardan biri Hemiltonning shuhrati poygadan tashqarida ham sezilarli darajada kengaygan. 2022 yilda u amerikaning professional futbol klubi “Denver Bronkosga sarmoya kiritdi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.