Er yuzidagi ilmiy jihatdan imkonsiz tuyuladigan joylar

Uzoq vaqt davomida Yerni o‘rganib kelayotgan olimlar bugungi kunda ham sayyorada bahs-munozaralarni keltirib chiqaradigan joylar mavjudligi haqida gapirishadi.

Dunyoning bu nuqtalarida tog‘lar harakatlanishi mumkin, suvlar boshqa rangda jilolanadi va fizika qonunlari amal qilmay qo‘yadi.

 Rorema tog‘i - vaqtdan ajratib qo‘yilgan qadimiy dunyo

Venesuela, Braziliya va Gayana chegarasida joylashgan sayyoradagi eng qadimgi geologik tuzilmalardan biri hisoblanadigan bu tog‘ning yoshi taxminan 2 milliard yil deb baholanadi.

Vertikal devorlari bilan butunlay ajralib qolgan cho‘qqisi uning asosiy xususiyati bo‘lib, u yerda boshqa hech qayerda uchramaydigan noyob ekotizim mavjud. Olimlar Rorema tog‘ini "evolyusion orol" deb atashadi, chunki u yerdagi o‘simliklar va hayvonlar turlari dunyoning qolgan qismidanfarqli o‘laroq “boshqacha” tarzda rivojlangan.

Hindiston va Shri-Lanka o‘rtasidagi qadimiy Rama ko‘prigi

 
Hindlarning “Ramayana” dostoniga ko‘ra, uzunligi taxminan 48 kilometrdan iborat qumli qirg‘oqlar va qoyalar zanjiri Rama qahramoni tomonidan qurilgan.

Zamonaviy tadqiqotlar esa tuzilma haqiqatan ham tabiiy shakllanishlar ustiga yotqizilgan toshlardan tashkil topganligini aniqladi.

Hududdagi suvning chuqurligi shunchalik sayozki, u yerdan katta kemalar o‘ta olmaydi, shu sababli bu ko‘prik uzoq vaqt davomida strategik to‘siqvazifasini bajarib keladi.

Tanzaniyadagi harakatlanuvchi tog‘

Tanzaniyada shamol va yomg‘ir ta’sirida asta-sekin harakatlanadigan vulqon kulli tuzilma - keng tog‘li massiv mavjud. Tog‘ning harakat tezligi yiliga taxminan 20 metrni tashkil qiladi, uning shakli va yo‘nalishi har nechadir yilda o‘zgarishi mumkin.

Bu landshaftning biz ko‘rib o‘rganganimizdan boshqacha yo‘l tutishining noyob misolidir.

Keraladagi ikkiga bo‘lingan dengiz

Kuchli suv toshqinidan keyin Hindistonning Kerala shtatida dengizni ikki qismga bo‘lgan qum chizig‘i paydo bo‘ldi. Hodisa oqimlar va to‘lqinlarning noyob birikmasi bilan izohlanadi.

Rasmiylar tabiiy sharoitlarning o‘zgarishi bilan chiziq qisqa vaqt ichida yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.

Loktak ko‘li va suzib yuruvchi orollar

Hindistonning Moyrang okrugida joylashgan Loktak ko‘li turli rangda jilolanadigan suvlari, o‘simliklar va organik qoldiqlardan hosil bo‘lganfumdis nomli suzuvchi orollari bilan mashhur.

Mahalliy aholi ularni baliq ovlash va boshpana sifatida ishlatishadi.

Arizonadagi xurofot tog‘i

Bu joy g‘oyib bo‘lgan oltin qidiruvchi ekspeditsiyalar afsonalari bilan bog‘liq.Mahalliy xalqlar bu hududni xavfli deb bilib va undan uzoqroq yurishga harakat qilishadi.

Sirli tabiati haqida ilmiy dalillar yo‘qligiga qaramay, bu tog‘ning obro‘si qo‘rqinchliligichaqolmoqda.

***

Yer yuzida hali o‘rganilishi lozim bo‘lgan murakkab va o‘rganilmagan tizimlar juda ko‘p. Ilm-fandagi yutuqlarga qaramay, insoniyat g‘ayrioddiy va tushunchalarga qarshi turuvchi hodisalarga duch kelishda davom etmoqda. Balki aynan shu hodisalar sayyoramizni chinakam maftunkor qilayotgan bo‘lsa ajabmas...

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.