Davlatlar o‘rtasidagi eng qisqa chegaralar
Chegaralar shunchaki xaritadagi chiziqlar emas, balki odamlarni bir-biriga bog‘laydigan yoki ajratib turadigan davlat hududini belgilaydigan sirtlardir. Chegaralarning ba’zilari shunchalik kisqaki, masofani xuddi yaqin atrofga joylashgan do‘konga chiqqandek bir necha daqiqada piyoda kesib o‘tish mumkin.
Ushbu maqolada dunyodagi eng qisqa chegara tomon harakat qilib, bir-biriga bog‘langan davlat chegaralarini ko‘rib chiqamiz.
Xorvatiya — Chernogoriya, chegara uzunligi: 25 kilometr

Adriatik dengiz qirg‘og‘i sohillaridagi tor chiziq bo‘ylab cho‘zilgan Xorvatiya davlati Chernogoriya davlatining qisqagina chegaraga ega Dubrovnik shahri bilan tutashgan. “Debeli Brijeg” chegara punkti quruqlikdagi asosiy o‘tish joyi bo‘lib, gavjum sayyohlar oqimiga xizmat qiladi. Hudud o‘zining go‘zal ko‘rfazlari va Kotor bo‘g‘oziga strategik yaqinligi bilan mashhur.
Rossiya — Shimoliy Koreya, chyegara uzunligi: 17,3 kilometr

Primore o‘lkasidagi Tumannaya daryosi bo‘yida joylashgan do‘stlik ko‘prigi Shimoliy Koreya va Rossiyani bog‘laydi. 1959 yilda ochilgan yagona transport rishtasi temir yo‘l ko‘prigi orqali amalga oshiriladi. Qisqaligiga qaramay, bu uchastka geosiyosiy ahamiyatga ega: u faqat yuk tashishni amalga oshiradi, bu yerda piyodalar o‘tishjoyi yo‘q.
Ozarbayjon – Turkiya, chegara uzunligi: 17 kilometr

Bu chegara Ozarbayjonga tegishli eksklav (mamlakat hududida joylashgan, lekin boshqa davlatlar bilan o‘ralgan) Naxichevon Avtonom Respublikasida joylashgan. Etnik va til rishtalariga ega ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning muhim elementi hisoblanadigan Sadarak va Diluju nazorat chegara punkti Turkiyani Naxichevon bilan bog‘laydi.
Ispaniya – Marokash, chegara uzunligi: 16 kilometr

Noqonuniy migratsiyaning oldini olish maqsadida Ispaniyaning Seuta va Melilla eksklavlarining quruqlik chegaralari kameralar va tikanli simlar bilan jihozlangan baland panjaralar bilan himoyalanadi. Bu anklavlar Yevropa Ittifoqining Afrikadagi quruqlik chegaralarining yagona doimiy uchastkalaridir.
Fransiya — Niderlandiya, chegara uzunligi: 10 kilometr

Daniya — Kanada, chyegara uzunligi: 1,28 kilometr

Chegara 2022 yilda Nersa bo‘g‘ozidagi Hans orolining Grenlandiya va Kanada o‘rtasidagi diplomatik bo‘linishidan keyin paydo bo‘ldi. Bungacha nizolar ramziy “desantlar” va bayroqlar almashinuvi bilan qariyb yarim asr davom etgan edi. Orolning o‘zi 1,3 kvadrat kilometr maydonni egallagan odam yashamaydigan toshli tepalik bo‘lsa-da, dengiz navigasiyasi uchun muhim joy hisoblanadi.
Buyuk Britaniya — Ispaniya, chegara uzunligi: 1,2 kilometr

Bu chegara Britaniyaning Gibraltar orollarini Ispaniya bilan bog‘laydigan bo‘yinni kesib o‘tadi. Bu yerda aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi bilan kesishgan dunyodagi yagona chegara o‘tish joyi joylashgan. 1713 yildan beri davom etayotgan Gibraltar suverenitet nizosi hozirgacha nozik siyosiy hudud bo‘lib qolmoqda.
Zambiya — Botsvana, chegara uzunligi 150 metr

Dunyodagi eng qisqa xalqaro chegara Zambiya, Botsvana, Namibiya va Zimbabve uchrashadigan Chobe daryosi bo‘ylab joylashgan. Daryo ustida Janubiy va Markaziy Afrika o‘rtasidagi yuk tashishlar uchun asosiy transport koridori vazifasini bajaradigan Kazungula ko‘prigi bor.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.