Dunyodagi kulgili, g‘alati va beo‘xshov yodgorliklar

Bugungi maqola noo‘ng‘ay yodgorliklarga bag‘ishlangan. Albatta, ularni yaratgan haykaltaroshlar o‘z ishlarini ma’nisiz deb hisoblamaydi va tabiiyki, ularga bahoni turli xil fikrlarga ega tomoshabin beradi.

Bosh barmoq, Parij

Fransiyaning Parij shahrida o‘rnatilgan “Bosh barmoqyodgorligi yaratuvchisi Syezar Baldachchini o‘z ijod mahsulini ancha oldin, 1965 yilda yaratgan. Shu davr davomida yodgorlik ko‘plab sayyohlar tomonidan sevimli va ko‘pchilikni ajablantiradigan “osori-atiqa”ga aylanishga ulgurdi. "Bosh barmoq" Baldachchinining eng muhim va dunyoga mashhur asari hisoblanadi.

Sanchqi, Shveysariya

Rassom Jan-Pyer Zaug 1995 yilda bu ovqatlanish anjomi haykalini Shveysariyaning Veve shahridagi Jeneva ko‘li bo‘yida joylashgan Alimentarium oziq-ovqat muzeyining 10 yilligini nishonlashga bag‘ishlab yaratdi. Aytish lozimki, haykal Vevening diqqatga sazovor joylaridan biridir.

Hedington akulasi, Buyuk Britaniya

Akula haykali Oksforddagi binoning tomiga 1986 yilda haykaltarosh Jon Bakli tomonidan o‘rnatilgan. Uy shiftiga “qo‘ngan” akula katta bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Oksford shahar kengashi uni olib tashlashga harakat qildi, ammo mahalliy aholi bergan ko‘pchilik ovoz akulaning binoda qoldirilishini ta’minladi.

"Devordagi bosh", AQSh  

Los-Anjelesdagi ishbilarmon (mehnatkash)ga bag‘ishlanganDevordagi bosh” yodgorligi 1991 yilda qurilgan. Bronza odam boshini bino devoriga yashirgan. Hayotning zamonaviy sur’ati odamni go‘yo siqilgan limondek zaiflashtirib yuboradi. Yodgorlik barcha mansabparastlarga “Tinchlaning, bunchalik ham ishga berilib ketmang”, - deya xabar qoldirayogandek...

Oyoqlar yodgorligi, Yaponiya

"Yugur!" Yaponiyaning Kanazava shahridagi oyoqlarga bag‘ishlangan haykal zamonaviy yapon san’ati yodgorligi hisoblanadi. Inson hayotining tez sur’atini ifodalaydigan yodgorlik odamlarga oyoqlardan tashqari, ko‘pincha ba’zilar unutib qo‘yayotgan bosh ham borligiga piching qiladi. Haykal muallifi rassom Kori Junji.

Botqoq odam, Irlandiya

Botqoqlikda botib qolib, qirg‘oqqa chiqa olmaydigan jussa Irlandiyaning Viktoriya yo‘li” bog‘ida istiqomat qiladi. U o‘zini anglash uchun kurash va hayotning chirigan botqog‘idan qochib qutula olmasdan, yarim chirigan kiyimda turgancha qotib qolgan insonni ifodalaydi. Park bo‘ylab ko‘plab shu va shu kabi original haykallar o‘rnatib chiqilgan. O‘rmon va bir nechta ko‘llarni ichiga olgan 9 gektardan iborat ushbu park 1989 yilda Berlinda tug‘ilgan Viktor Langxeld (Victor Langheld) tomonidan tashkil etilgan.

Haykallarning qaysi biri sizni qiziqtirdi?

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.