Samarqandda deputatlarga 2 milliard so‘m mablag‘ ajratildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan qabul qilingan muhim qaror xalq manfaatlari birinchi o‘rinda ekanini ko‘rsatdi.

2026 yil 24 apreldagi qarorga muvofiq, viloyat mahalliy byudjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan deputatlar tomonidan taqdim etilgan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘z yechimlarini topishi hamda deputatlarni saylov okruglarida saylovchilar oldida deputatlik obro‘sini oshirish maqsadida, sog‘ligida muammosi bor fuqarolarni davolatish uchun 2,0 mlrd so‘m mablag‘ viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga ajratildi.

Bu shunchaki raqam emas.

Bu — og‘riq bilan yashayotgan insonlar uchun imkoniyat;

- deputatlarga bildirilgan ishonchning amaliy natijasi;

- saylovchilarning murojaatlariga berilgan aniq javob.

Eng muhimi, mazkur qaror deputatlar tomonidan saylov okruglarida ko‘tarilgan muammolar asosida shakllandi va ularning joylardagi faolligi, mas’uliyati hamda xalq oldidagi obro‘sini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Har bir ajratilgan mablag‘ ortida inson taqdiri, sog‘liq va umid bor.