Insonning aqlbovar qilmaydiganqobiliyatlari
Inson o‘ziga taqdim etilgan xavfsizlik zaxirasidan kamdan-kam foydalanadi. Bunday zaxira hatto omon qolishimiz kafolati, biologik mudofaa ekanini, odam undan hayot va o‘lim xavfi ostida qolgandagina foydalanilishini bilmasak ham kerak.
Favqulodda vaziyatlarda paydo bo‘ladigan qo‘rquv va o‘zini o‘zi saqlash hissi inson tanasiga ushbu zaxiradan to‘liq foydalanishga “ijozat berishi” juda hayratlanarli.
Hayotga tahdid va o‘lim xavfi muqarrar bo‘lib qolgan bir paytda, inson tanasi mo‘’jizalar ko‘rsatishi mumkin. Ushbu maqolada ana shunday misollar keltirilgan.
*1998 yilda "Argumenti i Fakti" gazetasi o‘z o‘quvchilariga Kemerovo viloyati Bajenovka tayga qishlog‘idagi duradgor bilan sodir bo‘lgan voqea haqida gapirib berdi. Erkak tayga bo‘ylab ketayotib, uxlab yotgan ayiqqa duch keldi. U shunchalik qo‘rqib ketdiki, yaqin atrofda turgan yog‘ochni ko‘tarib olib, imkoni boricha tezroq, taxminan 3 kilometr masofaga, uyi tomon yugura ketdi. Faqat hovlisiga kelganida duradgor bu xodani tashlab, nafasini rostladi. Keyinroq yo‘l ustiga tashlab qo‘ygan yog‘ochni olib tashlamoqchi bo‘lgan edi, uni hatto joyidan qo‘zgata olmadi. Shu kungacha erkak o‘ziga bu xoda unga nima uchun kerak bo‘lganligini tushunolmaydi; axir usiz u ancha tezroq yugurishi mumkin edi-da.

*Sankt-Peterburgda ikki yoshli bola yettinchi qavat derazasiga osilib qoldi. Ona bolasini bir qo‘li bilan zo‘rg‘a ushlab olishga muvaffaq bo‘ldi, ikkinchi qo‘li bilan esa u devorning ichki qismidagi karniz g‘ishtiga yopishib qolgan edi. G‘ishtni butun qo‘li bilan emas, faqat ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlari bilan mahkam ushlab turardi. Qutqaruvchilar kelib bolani chiqarib olgandan keyin ham ayol barmoqlarini devordan “uzib” olish uchun ular ancha vaqt kurashishlariga to‘g‘ri keldi. Shundan so‘ng yana bir necha soatini ular ayolni tinchlantirishga va bolasining qo‘lini qo‘yib yuborishga sarflashdi.

* Uyda yong‘in chiqdi va nozikkina momaqaymoq kampir o‘z xazinasini saqlab qolmoqchi bo‘lib, yonayotgan uyning ikkinchi qavatidan ulkan sandiqni sudrab chiqdi. Yong‘indan so‘ng ikki yosh, sog‘lom yigit zo‘rg‘a ko‘tarib, qiyinchilik bilan bu sandiqni asl joyiga qaytarib qo‘yishdi.

* 1997 yilda spirtli ichimlik iste’mol qilgan ikki beloruslik erkak Belovejskaya Pushcha milliy bog‘idagi bizonlar voleriga kirib qolishdi. Yovvoyi qoramol urg‘ochisiga spirtli ichimliklar hidi yoqmadimi yoki uning kayfiyati yo‘q ekanmi, u muxlislar mehrini qabul qilmadi. Tanishuvdan bir necha daqiqa o‘tgach, ulardan biri panjara ustida o‘tirar, shox bilan bir oz tebrangan chaqqonrog‘i ko‘z ochib yumguncha o‘zini uch metrlik panjaraning narigi tomonida topdi. Rekordning guvohi bo‘lmagani uchun bunday o‘ta tez yugurish va to‘siqdan sakrab o‘tish “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritilmadi.
*Qishki yo‘lda baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Tez yordam mashinasi hali beri bu yera kelishidan umid qilmagan 70 yoshli ayol jarohatlangan 40 yoshli o‘g‘lini qutqarish uchun chalqanchasiga ko‘tarib, qor bosgan 13 kilometr yo‘lni bosib o‘tdi, u hech qachon to‘xtamadi va yelkasidagi yukini biron joyda tushirib qoldirmadi. Avtohalokat sodir bo‘lgan joyga qor avtomobilida yo‘l olgan qutqaruvchilar butun yo‘nalish bo‘ylab faqat bir juft oyoq izlarini ko‘rib hayron bo‘lishdi.
***
Aksariyat odamlar butun umri davomida hech qachon o‘zining ana shunday qobiliyatlaridan foydalanmaydi, biroq, har birimiz ichimizda juda katta kuch borligini, inson tanasi o‘lim xavfi hosil bo‘lgan davrda hayotni saqlab qoladigan ulkan xotiraga ega ekanligini bilishimiz lozim.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.