Rossiya va Ukrainaning 9 may sulhi boshlanmasidanoq barbod bo‘ldi
Rossiya va Ukraina 9 may munosabati bilan o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish niyatini bildirgan bo‘lsa-da, tomonlar muddat va shartlar bo‘yicha kelisha olmadi.
Ukraina 6 maydan boshlab bir tomonlama “jimlik rejimi”ni e’lon qildi. Vladimir Zelenskiy Rossiyani ushbu rejimni buzishda ayblab, Rossiya qo‘shinlari hujumlar va shturm harakatlarini davom ettirganini bildirdi. Shuningdek, u Ukraina Moskvadagi parad vaqtida “ko‘zguli javob” berishga tayyorligini aytdi.
Keyinroq Kiyev Independent nashri Ukraina Rossiya taklif qilgan 8–9 may sulhini qabul qilmasligini yozdi. Manbaga ko‘ra, Kiyev “parad uchun sulh”da ma’no ko‘rmayotganini bildirgan.
Ayni paytda BBC manbalari Ukraina rahbariyati hali yakuniy qaror qabul qilmaganini ma’lum qilmoqda.
Kecha kechqurun Zelenskiy Rossiya 9 may arafasida havo hujumidan mudofaa tizimlarini Moskvaga ko‘chirayotganini aytib, bu Ukraina uchun “qo‘shimcha imkoniyatlar” yaratayotganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, MID Rossii xorijiy diplomatik vakolatxonalarni Kiyevdan xodimlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi. Rossiya tomoni buni Ukraina tomonidan ehtimoliy hujumlarga javob zarbasi xavfi bilan izohlagan.
Bugun erta tongdan Moskva oblastida mahalliy aholi mintaqaning turli hududlarida dronlarning uchib o‘tishi, portlashlar va havo hujumidan mudofaa tizimlari ishlayotgani haqida xabar bermoqda.