Elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari o‘zgardi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2026 yil 1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun yangi tariflar tasdiqlandi.
Elektr energiyasi tariflari:
- I, II va IV guruh iste’molchilari uchun — 1 kVt soat 1 100 so‘m.
Aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflar saqlanib qoldi.
Elektr plitali ko‘p qavatli uylar va yotoqxonalarda:
- 200 kVt/soatgacha — 325 so‘m
- 201–500 kVt/soat — 450 so‘m
- 501–1000 kVt/soat — 550 so‘m
Qolgan maishiy iste’molchilar uchun:
- 200 kVt/soatgacha — 650 so‘m
- 201–500 kVt/soat — 900 so‘m
- 501–1000 kVt/soat — 1 100 so‘m
Yuqori hajmdagi iste’mol uchun oshirilgan koeffitsiyentli tariflar saqlanadi.
Tabiiy gaz tariflari:
- barcha iste’molchilar uchun — 1 kub metr 2 000 so‘m
- avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari uchun — 2 750 so‘m
Aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflar:
- isitish mavsumida 500 kub metrgacha
- boshqa mavsumlarda 100 kub metrgacha
- 1 kub metr gaz 1100 so‘mdan hisoblanadi.