Oqdaryoda tadbirkordan 2200 dollar pora talab qilgan inspektor qo‘lga olindi
- 13.05.2026 13:34
- 298
- Jinoyat va jazo
Ma’lum bo‘lishicha, “Samarqand suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyatining Oqdaryo filiali inspektori M.A. “Q.S.” MChJga qarashli xususiy klinika ichimlik suvi va oqova suv tarmog‘iga tegishli ruxsatnomasiz ulangani bo‘yicha hisoblangan 147 million so‘mlik zararni “yo‘q qilib berish”ni va’da qilgan.
Evaziga esa u tadbirkordan 2200 AQSh dollari talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida fuqaro F.I. inspektor M.A.ning topshirig‘iga asosan ushbu pul mablag‘ini tadbirkordan olayotgan vaqtda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 214-, 28- va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Riyosiz so‘zlar
- Bugun, 09:39
- Siyosat