Past Darg‘om tumanida qamoqqa olish ehtiyot chorasini o‘zgartirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Past Darg‘om tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.O. fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, uning turmush o‘rtog‘i A.U.ga nisbatan jinoyat ishi doirasida qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasini tanishlari yordamida 10 000 AQSh dollari evaziga o‘zgartirib, qamoqdan chiqarib berishni va’da qilib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.