91 yil birga: tarixdagi eng uzoq davom etgan nikoh

Indoneziyalik juftlikning siri nimada?

Nima deb o‘ylaysiz, 50 yil bu juda uzoq vaqtmi? Indoneziyalik Mambah Upa va uning rafiqasi Nonda Upa juftligining turmushi naq 91 yil davom etdi! 1913 yilda turmush qurgan juftlik 2004 yilda bir-biridan bir necha kun farq bilan bu dunyoni tark etdi. Jurnalistlar ularning siri bilan qiziqdi. Gap faqat sabr-toqatda emas ekan.

Birinchi sir: ular hech qachon alohida yotoqlarda uxlamagan. Hatto kasal bo‘lganlarida ham. Birgalikda uxlash gormonlarning bir xil (sinxron) ishlashini rag‘batlantiradi.
Ikkinchi sir: ular har kuni kulishardi. Faqat tabassumgina qilib qo‘yish emas, balki ahmoqona hazillar o‘ylab topib, bir-birlarini masxara qilib baland ovozda kulgan. Kulgi kortizol darajasini pasaytiradi va immunitet tizimini mustahkamlaydi.

Uchinchi sir: er-xotin hech qachon kechgi paytda janjallashmagan.
Nima bo‘lgan taqdirda ham oilada oltin qoida bor edi: soat to‘qqizdan keyin hech qanday bahs-munozaraga o‘rin yo‘q! To‘qqizdan keyin faqat xotirjamlik va uyqu. Uyqusizlik nikohni xiyonatdan ko‘ra tezroq o‘ldiradi.

To‘rtinchi sir: ular hech qachon bir-birini o‘zgartirishga harakat qilmagan.  Erkak trubka chekishni yaxshi ko‘rardi va hech kim unga tamaki hidi kelishi haqida e’tiroz bildirib, uni "egovlamagan". Kurashish emas, insonni boricha qabul qilish muhim.

Beshinchi va eng muhim sir: Ular har kecha uxlashdan oldin hatto kun og‘ir o‘tgan bo‘lgan bo‘lsa ham bir-birini qo‘lini ushlab, “Bugungi kun uchun rahmat!” deyishgan. Hatto suv olib kelish kabi kichik narsalar uchun minnatdorchilik bildirish ijobiy mustahkamlanishni yaratadi. Miya yomonni emas, yaxshi narsalarni izlashni o‘rganadi.
Turmush har doim ham silliq tarzda o‘tmagan. Ular farzandlarini yo‘qotish kabi inqirozlarni qanday yengib o‘tgan ekan?

Oilaning bir nechta farzandlari go‘daklik chog‘ida vafot etgan. Bunday yo‘qotishlardan so‘ng ota-ona o‘zlarini yakkalab qo‘ymadi, balki birgalikda, baland ovozda qayg‘urishdi. Ko‘zyoshlarini yashirmadi.

Boshqa er-xotinlar ulardan nimani o‘rganishi mumkin?
Kichik qadamlardan boshlash mumkin: agar janjallashib qolgan bo‘lsangiz, yarashmasdan uxlamang, har kecha ikki daqiqagina  bo‘lsa-da, turmush o‘rtog‘ingizni qo‘lini ushlang va kuniga bir marta unga nima uchun minnatdor ekanligingizni baland ovozda ayting. Bir oy o‘tgach, siz munosabatlar qanchalik iliq bo‘lib qolganiga hayron qolasiz.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.