Jahon chempionlari va sovrindorlari munosib taqdirlandi
Shu yilning 15–17 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi. Unda Samarqand tumanin 7 nafar sportchi yuqori natijalarga erishdi.
Xususan, musobaqada Baxtiyor Bahrilloyev (70 kg), Diyor O‘roqov (+75 kg) va Doniyor Baxtiyorov (+90 kg) 1-o‘rinni egalladi. Abdulloh Abduvoseyev (+80 kg) va Asalya Baxtiyorova Asalya (55 kg) 2-o‘rinni hamda Zohir Boboqulov Zoxir (73 kg) va Shahriyor Bahronov (80 kg) faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yosh sportchilarning ushbu yuksak yutuqlarini e’tirof etish maqsadida Samarqand tumani hokimining o‘rinbosari G‘.Boboxolov sportchilar hamda ularning ota-onalariga diplom va esdalik sovg‘alar topshirdi.
Sportchilarimizning kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar quchishiga tilakdoshmiz!