O‘lgan bo‘lsa-da, hali ham boy yoki vafotidan keyin ham yaxshi pul topayotgan mashhurkishilar

Hech kim ishlab topganini o‘zi bilan qabrga olib ketmaydi, lekin hozirgi kunda ko‘plab mashhur odamlar o‘limidan keyin ham millionlab pul topishga muvaffaq bo‘lmoqda.

Maykl Jekson

Shubhasiz, Maykl Jekson olamdan o‘tgan eng ko‘p maosh oluvchi yulduzdir. U 2009 yilda vafot etdi, biroq bugungi kunda uning daromadi o‘nlab million dollarni tashkil etib, ko‘plab tirik hamkasblaridan o‘zib ketadi.

Jon Ronald Ruel Tolkiyen

Mashhur yozuvchi yarim asr oldin vafot etganiga qaramay, uning muxlislari soni ortib bormoqda. Axir, u dunyoga ajoyib muvaffaqiyatli kino trilogiyalariga aylangan “Hobbit va Uzuklar hukmdori filmlarini berdi. Taxminlarga ko‘ra, hozirda Tolkiyenlar oilasining daromadi yiliga taxminan 20 million dollardan oshib ketadi.

Merilin Monro

 
 

1962 yilda vafot etgan mashhur aktrisa Merilin Monroning o‘limi holatlari sirligicha qolayotgan bo‘lsa-da, oradan 64 yil o‘tib ham u dunyodagi eng qimmat yulduzlardan biri bo‘lib qolmoqda. Yuzga yaqin turli brendlar uning ismi va yuzidan foydalanadi, bu esa uning merosxo‘rlariga katta foyda keltiryapti.

Jon Lennon

Afsonaviy Bitlz” guruhi ishtirokchilaridanbiri Jon Lennon qariyb 46 yil oldin o‘ldirilgan, biroq u eng ko‘p maosh oluvchi musiqachilar qatorida qolmoqda. Britaniyalik musiqachi hozirda merosxo‘rlarini katta daromad bilan ta’minlab kelayotgan, bugungi kunda hammashhur ashulalarni yozgan.

Elvis Presli

Rok-n-Roll qirolining o‘limi 1977 yildan beriqizg‘in bahs va munozaralar mavzusi bo‘lib qolmoqda, ko‘pchilik muxlislar hatto uning o‘limisahnalashtirilganiga ishonishadi. Mashhurxitlaridan tashqari, Preslining muzeyga aylantirilgan Greysland saroyi ham daromad keltiradi. Muzeyning o‘zigina yiliga Elvis oilasi byudjetiga 10 million dollar hissa qo‘shadi.

Arnold Palmer

Oilani boqish uchun shou-biznes yulduzi bo‘lish shart emas. Misol uchun, 2016 yilda yurak xurujidan vafot etgan mashhur golfchi Arnold Palmerning merosxo‘rlari yaxshi pul “ishlab” topmoqda. Uning nomi bilan atalgan limonad brendi oilaga yiliga bir necha million dollar daromad keltiradi. Shuningdek, merosxo‘rlar “MasterCard” va Osiyo bo‘ylab Palmer logotipi tushirilgan kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilari bilan shartnomalar tuzgan.

Kobi Brayant

Mashhur amerikalik basketbolchi 2020 yilda qizi bilan birga vertolyot halokatida vafot etdi. Brayantning yana uchta qizi va rafiqasi uning reklama bitimlaridan gonorar olishda davom etmoqda. Miqdorlar oshkor etilmagan bo‘lsa-da, Los-Anjeles Leykers” basketbol klubi afsonasining nomi uning merosxo‘rlari uchun katta daromad keltirayotganini taxmin qilish qiyin bo‘lmasa kerak.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.