Dunyodagi yetib borilishi qiyin bo‘lgan bino qayerda joylashgan?

Islandiyaning janubida, Atlantika okeanidagi Vestmannaeyyar orollaridan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan Tridrangari (Þrídrangar) mayog‘i haqida eshitganmisiz?

Dunyodagi yetib borish eng qiyin bo‘lgan mayoqlardan biri 1939 yilda qurilgan. “Cho‘qqi orol”dagi to‘lqinlarning qoyalarga doimiy zarbasi u yerga qayiqda kelib "qo‘nish"ning deyarli imkonsiz qiladi.
Tridrangari dengiz mayog‘i toshli cho‘qqidan 36 metr balandlikda bo‘y cho‘zgan va unga faqat havo orqali - vertolyotda kelish mumkin.
Ajablanarlisi, mayoqning o‘zi ham, vertolyot maydonchasi ham o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yib, tik qoyaga tirmashib chiqqan jasur alpinistlar yordamida qurilgan.
U paytlarda vertolyot maydonchasi yo‘q edi – deyarli ikki yil davomida barcha qurilish materiallari qo‘lda tashildi. Dastlab barcha materiallar qayiqlarda qo‘lda yasaldi: alpinistlar qoyaga ilgaklarni qoqib, zanjirlarni tortib chiqdi. So‘ng chelaklardagi sement va boshqa asboblarni ko‘tarish uchun chig‘ir (vint)lar va arqonlardan foydalanilgan.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.