Samarqand xalqaro aeroportida 628 quti tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi
- 07.02.2025 16:26
- 1
- Samarqand
![](https://static.zarnews.uz/crop/2/4/720__80_2485e53e1a398df26ce80d0d490459b5.jpg?img=self&v=1738927604)
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona to‘lovlarisiz umumiy miqdori 10 qutidan ko‘p bo‘lmagan tamaki mahsulotlarini olib kirishlari mumkin.
Shunga qaramasdan, ayrim yo‘lovchilar tomonidan chegara bojxona postlari orqali belgilangan me’yordan ortiqcha, tamaki mahsulotlarini mamlakatimizga olib kirish holatlari uchrab turibdi.
Jumladan, Samarqand xalqaro aeroportiga “Istambul-Samarqand” aviareysi bilan uchib kelgan fuqaro “yashil” yo‘lak orqali bojxona nazoratidan o‘tayotganida to‘xtatilib, shaxsning bagaj yuklari ko‘zdan kechirildi.
Natijada sumka ichidan bojsiz olib kirish me’yoridan ortiqcha, qiymati 11,3 million so‘mlik, 628 quti “Terea for iqos iluma” nomli tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qisqa videolar - miya uchun xavfli
- Bugun, 17:31
- O'qing, qiziq!