312,4 million so‘mlik tilla buyumlari bojxona postida ushlab qolindi
- 04.12.2025 17:43
- 1
- Qonun va hujjatlar
Tojikistonning Dushanbe shahrida yashovchi N.Yunusova Urgut tumanidagi “Jartepa” chegara bojxona postidan o‘tish jarayonida unga tegishli qo‘l sumkasida O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan olib kirish me’yorlaridan tashqari buyumlar borligi aniqlangan.
Shundan so‘ng xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish jarayonida ushbu qo‘l sumka ichida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan 364,53 gramm og‘irlikdagi 18 dona tilla zargarlik buyumlari borligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan N.Yunusovaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va sud hukmiga ko‘ra unga bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravari miqdorida (30 million 900 ming so‘m) jarima jazosi tayinlandi va umumiy qiymati 312 million 436 ming so‘mga baholangan 18 dona tilla buyumlar davlat daromadiga o‘tkazildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
“Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”
- Bugun, 14:48
- Ta’lim
Urgutda mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
- Bugun, 10:21
- Samarqand