2025 yilda 1,3 million ortiq fuqaro chegara bojxonasidan foydalangan

“Jartepa” chegara bojxona posti orqali o‘tgan yili jami 1 million 370 ming 451 nafar fuqaro harakatlangan.

Shulardan 691 ming 905 nafari kirish uchun, 678 ming 546 nafari chiqish uchun chegara bojxona  postidan foydalangan. Ulardan 1532 nafari deklaratsiya to‘ldirib, 1 million 368  ming 919 nafari deklaratsiya to‘ldirmasdan harakatlangan.

O‘tgan yili ushbu postdan 85 ming 843 ta yengil avtotransport, 50 ming 277 dona yuk avtomashinalari, 784 ta boshqa transport vositalari harakatlangan.

2025 yilda 103 ta tranzit bo‘yicha bojxona ko‘rigi dalolatnomasi (BDK)  rasmiylashtirilgan.

2025 yilda jami 196 nafar fuqaro tomonidan 3 million 111 ming 830 dollar, 22 ming 150 yevro, 1 million 155 ming 710 rubl va 74 ming 20 somoni pul mablag‘lari chegara bojxona posti orqali chiqish va kirimlar qayd etilgan.