Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

Samarqandda OIV bilan kasallaniş kamaymoqda

Yil boşidan buyon yangi holatlar ötgan yilga nisbatan 18 foiz (taxminan 62 ta holat)ga pasaydi. Bemorlarning 91,2 foizi bepul davolaş bilan taʼminlangan. Bu natijaga qanday erişildi va aeroportda örnatilgan yangi qurilma qanday işlamoqda?

- Ötgan yil mobaynida tibbiyot muassasalarida klinik körsatmalar asosida 153 ming 818 nafar fuqaro OIV infeksiyasi böyiça tekşiruvdan ötkazildi, - deydi viloyat OITSga qarşi kuraşiş markazi rahbari Uluğbek Nazarov. - Natijada ularning juda kam qismida infeksiya aniqlangan bölsa-da, bu şaxslar ixtisoslaştirilgan markazning dispanser nazoratiga olindi.

Ayni paytda OIV infeksiyasi bilan yaşovçi şaxslarning 91,2 foizi antiretrovirus terapiyasi bilan qamrab olingan. Ularga tibbiy va psixologik yordam körsatiş bilan birga, opportunistik kasalliklarning oldini oliş uçun zarur dori vositalari muntazam berib borilmoqda.

OIV infeksiyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida viloyatdagi mutasaddi taşkilotlar va jamoat tuzilmalari bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar ötkazilmoqda. «Soğlom hayot» dasturi doirasida bozorlar, yirik savdo majmualari, kunlik işçilar markazlari, vokzallar va boşqa aholi gavjum joylarda 100 ta manzilda tarğibot tadbirlari taşkil etildi. Ularda 15 ming 228 nafar fuqaro ixtiyoriy ravişda ekspress-test orqali tekşiruvdan ötdi.

Içki işlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tungi reydlar davomida SPA-salonlar va saunalarda 1276 ta ekspress-test amalga oşirildi. Mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari örtasida profilaktik işlarni kuçaytiriş maqsadida joriy yil avgust oyida aeroportda sölak orqali ekspress-test ötkaziş imkonini beruvçi maxsus qurilma örnatildi. Natijada 301 nafar fuqaro ixtiyoriy ravişda özini tekşiruvdan ötkazdi (ijobiy natijalar qayd etilmadi).

OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqişining oldini oliş maqsadida OIV bilan yaşovçi onalardan tuğilgan olti oygaça bölgan bolalar markazlaşgan tartibda maxsus quruq sut aralaşmalari bilan taʼminlanmoqda.

Bu kabi tadbirlar tufayli viloyatda kasallaniş aniqlanişi körsatkiçi pasaydi. Yaxşi tomoni, tekşiruvlar soni bir neça martaga köpaydi, ammo virus yuqtirganlar soni kamaydi.

Viloyat Matbuot uyida ötkazilgan navbatdagi anjumanda şu kabi bir qator fakt va raqamlar, maʼlumotlar aytildi, ommaviy axborot vositalari vakillari savollariga javob berildi.