8-12 noyabr kunlari Samarqand xalqaro aeroportidan amalga oshirilishi belgilangan aviareyslar Navoiy aeroportiga ko‘chirildi
Bu haqda «Uzbekistan Airways» AJ xabar tarqatdi. Ma’lum qilinishicha, Samarqand xalqaro aeroportidagi texnik sabablarga ko‘ra, joriy yilning 8 noyabr soat 00:01 dan 12 noyabr soat 00:01 gacha «Uzbekistan Airways» AJning rejalashtirilgan bir qator qatnovlari Navoiy shahri aeroportidan amalga oshiriladi.
Xususan:
• HY045/046 Toshkent – Samarqand – Toshkent;
• HY9605/9606 Samarqand – Moskva – Samarqand;
• HY639 Samarqand – Sankt-Peterburg;
• HY639/640 Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand;
• HY275/276 Samarqand – Istanbul – Samarqand aviaqatnovlarining yetib kelishi va jo‘nab ketishi Navoiy xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi.
Quyidagi qatnovlar esa bekor qilinadi:
• HY 049/050 Andijon – Samarqand – Andijon;
• HY072/071 Farg‘ona – Samarqand – Farg‘ona.
Xabarda yo‘lovchilar bekor bo‘lgan parvozlar aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga ega ekani eslatilgan.