Kasaba uyushmasining ish tashlashi sababli Berlin aeroporti 25 yanvar kuni ishlamaydi: Bu 35 ming yo‘lovchiga ta’sir qilishi mumkin
Berlin-Brandenburg xalqaro aeroporti Verdi kasaba uyushmasining ish tashlashi sababli 25 yanvar kuni yopiladi. Bu haqda 23yanvar, dushanba kuni Germaniyaning Handelsblatt gazetasi kasaba uyushmasi va havo bandargohini boshqaruvchi kompaniya ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Shunday qilib, 25 yanvar kuni Verdi aeroport xodimlarining ish haqini oshirish va mehnat shartnomalari muddatini 12 oy qilib belgilash talablari bilan bir kunlik ish tashlash o‘tkazmoqchi.
“Bugungacha ish beruvchilardan yechim topmoqchi ekanliklari haqida hatto hech qanday signal bo‘lmagan. Shu bois tungi, yakshanba, bayram va shanba kunlari ishlaganlik uchun nafaqa miqdorini oshirish va qo‘shimcha ish haqi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda”, — deya kasaba uyushmasidan iqtibos keltirgan gazeta.
Ish tashlash munosabati bilan barcha yo‘lovchi reyslari bekor qilinadi, bu 35 mingga yaqin yo‘lovchiga ta’sir qiladi – o‘sha kunga 3 mingga yaqin uchish va qo‘nish belgilangan.