Berlinda norozilik namoyishlari boshlandi

"Yo‘q bo‘lib ketishga qarshi" ekologik guruhining iqlim bo‘yicha faollari "Juma kunlari – kelajak uchun" harakatining Berlin bo‘limi a’zolari bilan birga Germaniya poytaxtida bir haftalik namoyishlar boshladi.

Dushanba kuni ertalab ular Brandenburg darvozasi oldiga to‘planib, Germaniya hukumatining iqlim o‘zgarishiga qarshi yetarli bo‘lmagan kurashi – iqlim siyosatini tanqid qilishdi.

Biroz vaqt o‘tgach, namoyishchilar o‘tirib olishdi va transport harakatini to‘sib qo‘yishdi. Politsiya yosh faollarni kuch bilan olib chiqishga majbur bo‘ldi.

Shu bilan birga, ekspertlar ta’kidlashicha, Germaniya boshqa yirik sanoat mamlakatlari bilan solishtirganda iqlim o‘zgarishiga qarshi ko‘p ishlarni amalga oshirdi. Xususan, karbonad angidrid chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha dadil maqsadlar belgilagan.

Sentyabr oyida Bundestag saylovlari arafasida mamlakatdagi ko‘plab siyosiy kuchlar o‘z kampaniyalari iqlim kun tartibiga e’tibor qaratishdi. Masalan, muvaffaqiyatini kuchli iqlim siyosatiga chaqiriqlar asosida qurgan «Yashillar» partiyasi 20 foiz ovoz to‘plashi mumkin. Boshqa yirik partiyalar ham kanbonad angidrid chiqarishni kamaytirishni talab qilib, ekologik ahil ko‘rinishga harakat qilmoqda.

«Bu faollar o‘z nuqtai nazarini hammaga, ayniqsa, shu binoda bo‘ladiganlarga yetkazmoqchi. Ularning nuqtai nazari shundan iboratki, «bizda endi vaqt yo‘q va hamma narsani zudlik bilan o‘zgartirish kerak». Germaniya energiya olish uchun ko‘mir yoqishni to‘xtatishi kerak, Germaniya odamlarning mamlakat bo‘ylab harakati va avtomobil boshqarish tizimini o‘zgartirishi kerak. Germaniya bu iqlim inqirozini tugatish uchun tubdan o‘zgarishi kerak.

Faollar aynan ana shularni boshqalarga yetkazmoqchi. Shuning uchun ular bu haftani ko‘chalarni berkitish kabi fuqarolik itoatsizligidan boshlashdi. Tadbir yakshanba kuni ommaviy namoyishlar bilan yakunlanadi, o‘n minglab odamlar shahar ko‘chalariga chiqishi kutilmoqda", deydi Euronews muxbiri Yona Kallgren.