Namoyishchilar Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchixonasiga bostirib kirdi

Bugun ertalab yuzlab namoyishchilar Bag‘doddagi Shvetsiya elchixonasiga bostirib kirib, uni yoqib yuborishdi, deya xabar bermoqda Reuters vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib.

Agentlik manbasiga ko‘ra, diplomatik missiya xodimlaridan hech biri jabrlanmagan. Bu ma’lumotni keyinchalik Shvetsiya tashqi ishlar vazirligi ham tasdiqladi va hodisani Vena konvensiyasining jiddiy buzilishi deb atadi.
Shu bilan birga, Iroq tashqi ishlar vazirligi o‘t qo‘yishni qoraladi. Departamentning ta’kidlashicha, mamlakat rasmiylari “tegishli xavfsizlik xizmatlariga zudlik bilan tergov o‘tkazish va voqea holatlarini o‘rganib, aybdorlarni aniqlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rish” bo‘yicha topshiriq bergan.
Namoyish Stokgolmda kutilayotgan Qur’on yoqib yuborilishi arafasida bo‘lib o‘tdi.
Avvalroq Agencye France-Presse Shvetsiya politsiyasi Skandinaviya mamlakati poytaxtida Iroq elchixonasi yaqinida musulmonlarning muqaddas kitobini yoqib yuborish bilan bog‘liq aksiya o‘tkazishga ruxsat bergani haqida xabar bergan edi.