Eron: Namoyishchilar Oyatulloh Humayniyning uy-muzeyini yoqib yubordi
- 18.11.2022 18:49
- 76
- Xorij
Bir guruh namoyishchilar Islom inqilobi yetakchisi Oyatulloh Ruhulloh Humayniyning uy-muzeyiga o‘t qo‘ydi. G‘arb matbuoti bu harakatni ramziy ma’noga ega deb atadi. Tehron janubida joylashgan bino qanchalik shikastlangani noma’lum.
Uchinchi oydirki, Eronda hukumatga qarshi namoyishlar to‘xtamayapti. Shu hafta Eronning ko‘plab shaharlarida faollar yuqori yoqilg‘i narxiga qarshi namoyishlar shafqatsizlarcha bostirilishining uch yilligida ko‘chalarga chiqishdi.
Eronda hijob o‘rash qoidalarini buzganlikda ayblanib, politsiya tomonidan hibsga olingan ayolning o‘limidan so‘ng norozilik to‘lqini ko‘tarildi.
Namoyishchi va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda yuzlab odamlar halok bo‘ldi. So‘nggi kunlarda halok bo‘lganlar orasida to‘qqiz yoshli bola ham bor.
Ommaviy namoyishlarni to‘xtatishga urinib, hukumat bir nechta namoyishchilarni o‘lim jazosiga hukm qilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa