OAV: AQSh va Eron kelishuv bo‘yicha murosaga yaqinlashdi

AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralarda 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirish, Hurmo‘z bo‘g‘ozini ochish va Tehronning boyitilgan uran zaxiralaridan voz kechishni nazarda tutuvchi ramkaviy kelishuv bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi.

Manbalarga ko‘ra, tomonlar hujjatning asosiy qismini kelishib olgan. Biroq yakuniy hujjatlar hali imzolanmagan, Eron hukumati esa hozircha so‘nggi rozilikni bermagan.

Dastlabki kelishuvlarga muvofiq, memorandum imzolangandan keyin Eron Hurmo‘z bo‘g‘ozini ochishi va 30 kun ichida kemalar harakatini avvalgi hajmda tiklashi kerak bo‘ladi. Shuningdek, Livanni ham o‘z ichiga olgan barcha frontlarda jangovar harakatlarni to‘xtatish rejalashtirilmoqda.
The Washington Post yozishicha, kelishuv loyihasiga ko‘ra, Eron yadroviy qurol yaratmasligini rasman tasdiqlaydi va boyitilgan uran zaxiralarini yo‘q qilishga rozilik beradi. Bu jarayon mexanizmi kelasi ikki oy ichida kelishib olinishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Eronning 12 milliard dollarlik aktivlarini muzlatishdan chiqarish va AQSh tomonidan amalga oshirilgan dengiz blokadasini bekor qilish ham muhokama qilinmoqda.
Avvalroq Fox News telekanali kelishuv taxminan 95 foizga tayyor ekanini xabar qilgan edi. Unda AQSh prezidenti Donald Tramp esa yakuniy kelishuvlarga hali to‘liq erishilmaganini aytdi va bitimni imzolashga shoshilmaslikni buyurgan.