AQSh va Eron vakillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni tiklagani aytilmoqda
Abbos Aroqchi Stiv Uitkoffga urushni to‘xtatish masalasiga urg‘u berilgan matnli xabarlar yuborgan.
Axios ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi va AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qayta yo‘lga qo‘yilgan.
Xabarda aytilishicha, so‘nggi bir necha kun ichida ular o‘rtasida aloqa kanali qayta ishga tushgan. Hozircha almashilgan xabarlar qanchalik mazmunli bo‘lgani noma’lum. Ammo bu taxminan ikki hafta oldin boshlangan urushdan keyingi birinchi aloqadir.
Manbalarga ko‘ra, Abbos Aroqchi Stiv Uitkoffga yuborgan xabarlarida asosiy e’tiborni urushni to‘xtatishga qaratgan.
Ta’kidlashnicha, AQSh Eronning reparatsiyalar to‘lash haqidagi talablarini rad etmoqda. Shu bilan birga, Vashington ma’muriyati Eron bilan shunday kelishuvga tayyor ekani aytilmoqdaki, u respublikaga jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish va neftidan daromad olish imkonini beradi.
Avvalroq Donald Tramp Tehron va Vashington o‘rtasida muloqot davom etayotganini bildirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron tomoni kelishuvga erishishga intilmoqda.