5 million so‘m pora evaziga nogironlik nafaqasiga chiqarishni va’da qilgan shifokor ushlandi
- 30.07.2026 11:41
- 436
- Jinoyat va jazo
Bu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlandi.
Tekshiruv davomida Samarqand tumani markaziy shifoxonasi bo‘lim shifokori I.A. fuqaro S.E.ni 2-guruh nogironlik nafaqasiga chiqarish va hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 5 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.
Olingan pul mablag‘larining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toyloq tumanida sanitar vrach qo‘lga 400 dollar bilan qo‘lga olingan edi.
Teglar:
pora
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Mirzo Ulug‘bek madrasasining vorisi
- Bugun, 11:34
- Ta’lim