Urgutda «xalqparvar» gazchilar 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
- 01.07.2026 09:46
- 220
- Jinoyat va jazo
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Urgut tumanida noqonuniy holat aniqlandi.
“Urgut tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mansabdor xodimi hamda ushbu tashkilotda avval ishlagan shaxs o‘zaro til biriktirgan holda mahalliy MChJga tegishli ishlab chiqarish sexiga yangi tabiiy gaz taqsimlash uskunasini o‘rnatish uchun loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berish va texnik shart ruxsatnomasini olib berishni va’da qilgan.
Ular ushbu “xizmat” evaziga 2 ming AQSh dollari talab qilgan. Tezkor tadbir davomida mazkur shaxslar pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Xalq ishonchini ta’minlashning muhim mezoni
- Kecha, 18:39
- Samarqand
«Mard o‘g‘lon»ga munosib sportchi
- Kecha, 17:28
- Sport