"Agroinspeksiya" viloyat boshqarmasi xodimi pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Samarqand tumanidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalikda o‘rganish ishlarini olib boradi.

Ushbu jarayonda u xo‘jalikning 50 sotix yer maydonini ijaraga olib foydalanayotgan fuqaro tomonidan yerning unumdorligiga zarar yetkazilganligi aniqlanib, unga nisbatan chora ko‘rmaslik evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilib, muqaddam 500 AQSh dollari oladi.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yetakchi mutaxassis qolgan 2500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.