Xitoyda mansabdor pora olgani uchun qatl etildi
- 09.12.2025 16:04
- 3
- Xorij
China Huarong International Holding kompaniyasining sobiq bosh direktori Bay Tyanxuey bugun, 9 dekabr kuni sud qaroriga muvofiq qatl etildi. Bu haqda Xitoyning Markaziy televideniyesi xabar berdi.
U yirik miqdordagi pora — 1,108 mlrd yuan (taxminan 156 million dollar) olganlikda aybdor deb topilgan.
Sud ma’lumotlariga ko‘ra, 2014–2018 yillarda Bay Tyanxuey China Huarong tarkibidagi lavozimidan foydalanib, noqonuniy tarzda pul mukofotlari olgan.
2024 yil may oyida u ayniqsa yirik miqdordagi pora olgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan, shuningdek, umrbod siyosiy huquqlaridan mahrum etilib, barcha shaxsiy mulki musodara qilingan.
2025 yil fevral oyida sud uning apellyasiyasini rad etib, avvalgi hukmni kuchida qoldirdi. Mamlakatda pora va bu kabi jinoyat qat’iy jazoni talab qiladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Xitoyda mansabdor pora olgani uchun qatl etildi
- 1 soat avval
- Xorij
O‘zgaryapmiz, birodar, o‘zgaryapmiz
- Bugun, 11:52
- Mutolaa
Mutolaa: Qo‘lingizni bering, akamullo...
- 08/12, 13:02
- Mutolaa