Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

Bugun Putin va Si Szinpin uçraşdi, ertaga Tramp bilan uç tomonlama muzokara böladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin Şençjen şahrida ATES sammiti arafasida muzokara ötkazdi.

Tomonlar Rossiya-Xitoy hamkorligi barqarorligini va köp qutbli dunyo tartibini şakllantiriş tarafdori ekanini taʼkidladi. Si Szinpin erkin savdo va sunʼiy intellekt sohasida xalqaro hamkorlikni kuçaytirişga çaqirdi.

Putin Ğarb sanksiyalari Rossiya iqtisodiyoti ösişiga tösqinlik qilmaganini, sönggi uç yilda mamlakat YaIMi 10 foizdan ortiq ösganini bildirdi. U AQŞ va Xitoy bilan bölajak muzokaralardan ijobiy natijalar kutmoqda.

19 noyabr kuni Putin, Si Szinpin va AQŞ prezidenti Donald Trampning uç tomonlama uçraşuvi rejalaştirilgan. Unda yadroviy xavfsizlik, Ukraina, Eron, savdo va xalqaro vaziyat muhokama qilinişi kutilmoqda.

Tahlilçilar fikriça, Moskva Ukraina masalasini muzokaralarning asosiy mavzularidan biriga aylantirişga intiladi. Biroq Ukraina va Yevropa davlatlarining bu jarayondagi iştiroki hozirça oçiq masala bölib qolmoqda.