Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

Samarqand indoneziyalik ziyoratchilar uchun yangi imkoniyatlarni kengaytiradi

Viloyat hokimi Adiz Boboyev Indoneziya Respublikasi Xalq maslahati kengashi raisi Ahmad Muzani boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida Ahmad Muzani Adiz Boboyev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasining Indoneziyaga tashrifi davomida bergan taklifi asosida Samarqandga kelganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Muloqot chog‘ida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, ziyorat turizmi yo‘nalishida aloqalarni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar indoneziyalik ziyoratchilarning Samarqandga safarlarini, ayniqsa, Imom Buxoriy majmuasiga tashriflarini yanada samarali tashkil etish, bu borada tajriba almashish va hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuvdan so‘ng Indoneziyadan kelgan diniy ulamolar bilan muloqot qilindi. Unda indoneziyalik ziyoratchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z yuritildi.

Tashrif dasturi doirasida delegatsiya a’zolari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida viloyatning diniy ulamolari bilan uchrashuv o‘tkazadilar. Shuningdek, mehmonlar Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, ushbu hududda faoliyat yuritayotgan Hotel Kampoeng Indonesia – Samarkand” mehmonxonasida bo‘ladilar.

Bundan tashqari, mehmonlar Samarqand viloyatining sanoat va investitsiya salohiyati bilan yaqindan tanishish maqsadida "SAG” va boshqa ishlab chiqarish korxonalari hamda meva-sabzavotlarni saralash va qadoqlash ob’yektlari faoliyati bilan ham tanishadi.