Rossiyada Davlat dumasiga saylovlar yakunlandi
- 21.09.2026 09:50
- 55
- Xorij
Rossiya Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, «Yedinaya Rossiya» 57 foizdan ortiq ovoz bilan birinchi o‘rinda bormoqda. KPRF — 14 foiz, LDPR — 9 foiz, «Novie lyudi» — 8 foiz, «Spravedlivaya Rossiya» esa 5 foiz atrofida ovoz olgan.
Saylovda 10 ta partiya ishtirok etdi. Natijalar yakuniy emas, ovozlarni hisoblash hali davom etmoqda.
21 sentyabr holatiga ko‘ra, saylovchilarning ishtiroki 56,66 foizni tashkil etgan. Rossiya rasmiylari saylov jarayonida elektron ovoz berish tizimlariga kiberhujumlar bo‘lganini ham ma’lum qildi.