Rossiyada WhatsApp, Facebook, Instagram va YouTube to‘liq bloklandi
“Roskomnadzor” xorijiy ommabop internet-platformalarni to‘liq bloklash bo‘yicha choralar ko‘rdi. WhatsApp, Facebook, Instagram (Meta kompaniyasiga tegishli, RFda ekstremistik deb topilgan va taqiqlangan) hamda YouTube va ayrim OAV saytlariga kirishga uringanda, foydalanuvchilar domenlar mavjud emasligi va ularning IP-manzillari tarmoq reyestrlaridan o‘chirilganiga duch kelishdi.
Texnik jihatdan Rossiya hududida mazkur barcha resurslarga kirish to‘liq to‘xtatilgan.
«Ostorojno, novosti» nashri so‘roviga javoban “Roskomnadzor” to‘liq blokirovka sabablari haqida izoh bermadi va ma’lumot keyinroq taqdim etilishini bildirdi.
Avvalroq davlat dumasi deputatlari cheklovlar joriy etilishi haqida bir necha bor ogohlantirgan edi. Yanvarda davlat dumasining axborot siyosati qo‘mitasi rais o‘rinbosari Andrey Svinsov “Roskomnadzor” yil oxirigacha WhatsApp’ni «batamom bloklash bo‘yicha kompleks choralar» ko‘rilishini prognoz qilgan. Bunga messenjerning Meta kompaniyasiga tegishli ekani sabab qilib ko‘rsatilgan.