Bayden Ukrainaga Rossiya hududiga chuqur zarba berishga ruxsat berdi

AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z muddatining oxirida Kiyev ko‘p oylardan beri so‘rab kelayotgan talabga ijobiy javob berdi: u Rossiyaning ichki hududiga ATACMS ballistik-taktik raketalari bilan zarba berishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bu haqda Amerikaning bir qancha gazetalari va telekompaniyalari Bayden ma’muriyatidagi anonim suhbatdoshlariga tayanib xabar berishdi.

Aytilishicha, Bayden bu qarorga Shimoliy Koreya askarlarini Kursk viloyatidagi urushda Rossiyaga yordam berish uchun yuborganiga javoban qabul qilgan.

Rasmiylardan birining aytishicha, bu chora qisman Pxenyanni qo‘shimcha askar yuborishdan qaytarishga qaratilgan. "Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In birinchi bo‘linmalarni yuborish qimmatga tushgan xato ekanligini tushunishi kerak", dedi rasmiy.

Harbiy kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, Rossiya hududiga raketa zarbalari berish Ukrainaga mudofaasini saqlab qolishga yordam bersa-da, urushda burilish nuqtasini keltirmaydi.