YOLG‘IZLIK
Mamatqul HAZRATQULOV
Hikoya
Yolg‘izlik hasratin ko‘rsatma, taqdir,
Yolg‘izlik insonga o‘lim-ku axir...
Abdulla Oripov
Ikki kun ezib yoqqan yomg‘ir payshanba kuni ertalab tindi. Yeru ko‘kdan namchil qid keladi. Endigina nish urgan maysalar, hali kurtak chiqarishga ulgurmagan daraxtlar zax havoda sovqotgan boladek qunishadi.
Qishloq etagidan o‘tadigan daryoga sel kelgan. Tog‘soylarining suvi shu daryoga yig‘iladi. Hozir u to‘lib, qirg‘oqlaridan toshib oqmokda. Xas-cho‘plar bilan to‘lgan daryo qop-qora, bo‘tana. Sel kun botish tomondan shiddat bilan yo‘l chetidagi jarlikka kelib uriladi-da, yana chapga burilib ketadi. Ajdahodek vishillab oqayotgan selning zarbidan dam-badam jarning bir parchasi shalop etib qulab tushadi.
Joniqul ota jar yoqasiga kelib selga qarabo‘tiribdi. «Tavba, umr oqar suv deganlari shu-da. Oqishini qara. Ne-ne odamlar o‘tib ketdi-ya. Manavi jarchi. Yo‘lga yetishiga oz qopti. Ilgari daryo huv anavi yerdan oqardi». O‘zicha daryoning narigi qirg‘og‘ini mo‘ljalladi. «Shuncha joyni yuvib ketipti-ya. Har yili sel kelaversa, jarni yuvib boraversa, oxiri nima bo‘ladi? Yo‘lni ham olib ketadi-ku».
— Marayim akanikiga janozaga-a...
Joniqul otaning xayoli bo‘lindi. Tosh yo‘ldan otchoptirib kelayotgan yigitga qaradi. Choponining ustidan belini bog‘lab olgan yigit — otaga yaqin keldi-da, otini sekinlatdi.
— Assalomu alaykum, bova.
— Vaalaykum assalom. Bu, Marayimning kimi qazo qipti, bo‘tam?
— O‘g‘li. Traktorchi o‘g‘li bor edi-ku, o‘sha.
Ota allanimalarni pichirlab yuziga fotiha tortdi.
— Nima qipti? Qaysi kunigina soppa-sog‘ yuruvdi-ku?
— Ajal ekan-da, bova. Kecha qirdagi qo‘tonga xashak olib borayotgan ekan, traktorning g‘ildiragi loyda toyib ketib, avariya bo‘pti. Traktorning tagida qopti o‘zi.
— Yo Olloh, yo Olloh! Bu qanday ko‘rgulik bo‘ldi?Shu kolxoz kattalariga necha marta aytdim-a, qo‘tonning yo‘lini tuzatinglar, tosh-posh tashlanglar, dedim. Qishin-yozin borib turasilar, bir palakatbo‘lmasin, deb qancha javradim-a. Ha, yoshlar-a. Ko‘nglim o‘lgur sezuvdi-ya o‘zi. Birovga aytishdan qo‘rqardim lekin.
— Mayli, bova, men boray, hali aytadigan joylar ko‘p.
Yigit otini jadallatib ketdi. Yarim chaqirim joyga bormasidan yana uning ovozi eshitildi:
— Marayim akanikiga janozaga-a...
— Ertalabdan bu noxush xabarni eshitgan otaningdili xufton bo‘ldi. «Nimaga bunday bo‘layapti? Faqatyoshlar-a. Ey, Ollohim! Bu nima ko‘rgulik! Oldinkelganlar oldin ketsa bo‘lmaydimi? Falak tegirmontoshi deganlari shumi? Unday bo‘lsa navbati qani?Ishqilib yaxshilikka ko‘rinsin-da».
Ota og‘ir-vazmin xayollar bilan orqasiga qaytdi.Ko‘z o‘ngidan Marayim akaning o‘g‘li ketmasdi. Judaoqil, odobli bola edi-da. Qo‘llari doim qora moybo‘lib yuradigan bu yigitning yuzidan kulgi arimasdi. Ko‘zlari kulib turardi. Birovga yomon gapirganini, og‘zidan sen degan so‘z chiqqanini hech kim eshitmagan. Joniqul ota uni oxirgi marta ko‘rganini esladi. O‘n kunlar bo‘ldi. Bahor kelib hamma g‘imirlab qolgan. Ota odatiga ko‘ra darvoza oldidagi supachaga kichkina po‘stakni solib, oftobda isinib o‘tirardi. Marayim akaning o‘g‘li «DT-28» traktorini yeldirib kelib qoldi. U otani ko‘rdi-yu traktordan sakrab tushib ko‘rishdi. Hol-ahvolso‘radi. «Bardam bo‘ling ota, Xudo xohlasa, bahorga ham chiqib oldik. Endi buyog‘i ro‘yi-ko‘klam. Odamning dilini yayratadigan kunlar keldi», degandi rahmatlik. «Inshoollo, — dedi Joniqul ota,— ammo-lekin bu bahor deganing bizga o‘xshaganlarni tentiratib qo‘yadi. Ilik uzilgan payt-da». «Yo‘g‘oncho‘zilib, ingichka uzilgan vaqt deng». «Shunday, shunday, bo‘tam». «Bo‘shashmang otaxon. Haliyam bo‘lsa, sizga o‘xshaganlar bardam. Iliklaringiz yoqqa to‘lgan-da». Kuldi. Keyin chaqqonlik bilan traktorga chiqdi. Ota uning ortidan havas bilan termilib qoldi:«Ishqilib, Xudo senlarga quvvat bersin. Umri-jonlaringni uzoq qilsin».
Ana shu suhbat Joniqul otaning ko‘z oldidan nariketmas, o‘ylagani sari yigitning siymosi yorqinroqko‘rinar, otaning yuragi battar ezilardi. «Haliyambo‘lsa, sizga o‘xshaganlar bardam. Iliklaringiz yoqqato‘lgan-da». Yigitning bu gapi hozir otaning yurak-bag‘rini parmadek o‘yib borardi...
Joniqul ota Toshtepa qishlog‘idagina emas, kolxozbo‘yicha eng keksa hisoblanadi. Uch yil oldin uningtengqurlaridan qo‘shni qishloqlik Eshonqul bobo qazo qildi. Shundan beri Joniqul otaning chiroyi ochilmaydi, oldingi hazil-huzullari ham yo‘q. «Haliyam shunchalik yuriptilar. Bu kishidan yoshlaram uyoq-buyoqqa borolmaydigan bo‘lib qolgan-ku». Aslida otaga keksalik hali hukmini to‘la o‘tkazmagan, o‘zining aytishicha, «yetti muchasi sog‘». Tinim bilmaydi. Mollarga jodida beda maydalab soladi, og‘ilxonaning, ko‘chalarning qorini kuraydi. Yozda esa qo‘lidan o‘roq bilan tok qaychi tushmaydi. O‘g‘illari, nevaralari «urinib nima qilasiz, damingizni olib yoting», deb necha marta aytishdi. Ota bu gaplarga indamay kulib qo‘yadi. Bir kuni jazirama yoz oylarida Joniqul ota yo‘l chetidagi bedapoyada o‘t o‘rardi. Sutrang «Jiguli» kelib to‘xtadi. Undan otaning agronom nevarasi tushdi.
— Ota,— dedi u bobosiga yaqin kelarkan,— sizo‘rmasangiz qolib ketadimi shu beda?
Ota o‘roqni bilagiga tashladiyu, nevarasiga qarabjilmaydi. U shahzodalardek sallasi pechining uchinichiqarib, qantarib qo‘ygan, yuzlari, qosh -kipriklari,soqol-mo‘ylovi changda yana ham oqroq ko‘rinardi.
— Nima zaril sizga, ota? Yo‘l usti bo‘lsa yana.Ko‘rganlar nima deydi? Bir gilam o‘rnicha joyu, shuniyam o‘zlari o‘rmay, keksa odamga o‘rdirib o‘tirishipti demaydimi ?
Ota nevarasining bilagidan oldi-da, bir dastabedani ko‘rsatib «o‘tir» deganday imo qildi. O‘zi xamchordana qurdi.
— Mana bunga qara, o‘g‘lim,— dedi ota ishlatilaverib yaraqlab ketgan o‘roqni nevarasiga ko‘rsatib. — Bu bir o‘roq, temir. Shuyam ishlatilgani uchun yarqirab, ochilib turipti. Bir joyda turaversa, zang bosib ketadi. Odam ham shunday. Qimirlab, harakat qilib turmasa bo‘lmaydi. Zanglab qoladi. Jonsiz temirniki ishlatib turish lozim bo‘lgandan keyin, odamni qo‘yaver. Myehnat qilish uchun yaralgan-ku odamzot. Bir joyda tek tursa, hamma narsa ayniydi.Ko‘lmak suvni qara, sasib ketadi, hatto mol hamichmaydi. Shuning uchun sen har kimning gapiga quloqsolaverma. Men shu o‘t o‘rilmay qolib ketadi deganimyo‘q. O‘riladi. Lekin indamay, ko‘zli kesak bo‘lib yotolmayman. Xudoga shukur, qo‘l-oyog‘im but bo‘lsa...
— Siz shunday deysiz-da, ota. Hammayam to‘g‘ri tushunavermaydi-da.
— Gapirgan gapiraversin. Bu dunyoda ko‘ringanodamning gapiga quloq solaversang, qilar ishingnibilmay qolasan, bolam.
Agronom boshqa gapirmadi. «Ke, qo‘y, yana kayfiyatini buzib qo‘ymay. Shu bilan o‘zini ovuntirsa ovintirar».
— Bo‘pti, men ketdim...
— Shoshma. Gapingni o‘ylab gapirayapsanmi? — dedi ota. — Ketdim deganing nimasi? Ketdim demaydi, «men boray», deyish kerak.
— E, shunaqa mayda-chuyda gaplarga parvo qilavermang, ota.
— Bu mayda-chuydamas. O‘zing-ku odamlarning oldi-qochdi gapini ko‘nglingga olib yuribsan. Aslida o‘sha gaplar mayda-chuyda.
— Bo‘pti, bundan keyin aytmayman. Boray-chi, bug‘doyga kombayn kelmoqchiydi. Xabar olay.
— Ha yoshlar-a,— deya kulimsirab, yana o‘t o‘rishgakirishdi ota.
* * *
Kech kuzga borib Joniqul ota betob bo‘lib qoldi.Uning oldidan odam uzilmaydi. Kattayu-kichik kelib,hol-ahvol so‘rab ketadi. Ota kasal bo‘lgandan berideyarli har oqshom o‘g‘il-qizlari, nevaralari, qo‘ni-qo‘shnilar uning oldida gurunglashib o‘tiradilar. Otani zeriktirib qo‘ymaslik payida bo‘ladilar. Ular har xil masalalardan so‘z ochadilar. Ota indamay ularning gapiga quloq solib yotadi. Shunday oqshomlardan birida Joniqul ota ohista gapboshladi:
— Bolalarim, endi mening rizqim tugab, kunimbitganga o‘xshaydi. Shuning uchun...
Hamma yalt etib, betob bo‘lsa-da, rang-ro‘yini unchalik oldirmagan otaga qaradi. Agronom nevarasi otaga yaqinroq surilib o‘tirdi.
— Nimalar deyapsiz, ota? Hali bardamsiz, tuzalibketasiz, hech narsa ko‘rmaganday bo‘lib.
— Sizzi shunday yurishingiz biz uchun katta davlat. Tog‘day suyab turibsiz-ku bizlardi,— dedi o‘g‘illaridan biri. — Unaqa gaplarni qo‘ying hali. Yuz yil hech narsa bo‘lmay qoldi hozirgi vaqtda.
Ota bolalarining so‘ziga indamay quloq soldi-da,so‘ng bir qiziq gap esiga tushganday jilmayib qo‘ydi.
— To‘g‘ri, bolalarim. Hayot yaxshi, jon shirin. Lekin hamma narsaning ham me’yori bor, vaqti-soatibor. — Ota biroz jim qoldi. — Endi men sizlargabir narsani aytay. Bu dunyoning zavqiyam, lazzatiyam o‘z tengqurlaring, bo‘yinsalaring bilan totli. Busiz hech nimaning qizig‘i yo‘q. Rahmatli Eshonqul ketdiyu men uchun yorug‘ dunyoda hech kim qolmaganday tuyuldi.Shunday paytda bilinarkan insondi qadr-qimmati.Odamzotning qadriga tirikligida yetish kerak, bolalarim. Nimaiki izzat-ikrom bo‘lsa, ko‘zi ochikligida qilish lozim. O‘lgandan keyin ming eslash, xotirlash — hammasi bir pul. Eshonqul bilan qadrdonligimiz, bir-birimizga hazil-huzul qilib yurganimiz uchungina emas. Uning o‘limi bilan biz qatorilar tugadi. Tengdoshlaridan ayrilib, yakkamixday serrayib qolish ham yaxshilikka tovin emas-da, bolalarim. Bilmadim, shunchalik ko‘p ekanmi gunohim?
— Sizni birov xafa qildimi?
— Ey, o‘g‘lim, kim xafa qiladi meni. Qaytangabutun izzat-hurmatdaman-ku. Ko‘ngillaring har yoqqaketmasin. Mening yoshimga borganda chaqasizlar bu gaplardi mag‘zini. Daraxtning ham quriganini, qurt yeganini, chiriganini kesadilar-ku. Yosh niholni kesish qanchalik uvol, axir.
— Qo‘limizdan nima keladi,— dedi ma’yuslanibkimdir.
Ota chuqur xo‘rsindi-da, yuqoriroq surilib yotdi.
— Ha, qo‘limizdan hech narsa kelmaydi. Ilojimizyo‘q. Mana shunga kuyamanda, bolalarim. Nevaramtengilarning janozasiga borib yuribman-a. Buqanday ko‘rgulik, axir?!
— Qo‘ying, ota, bunaqa gaplarni. Charchaysiz, biroz dam oling,— dedi nevarasi.
— Yo‘q, o‘g‘lim, charchagan emasman. Menga taskin beraman, dema. Otangni dunyodan beziyapti debam o‘ylama. Bilasizlar, mening boshimdan ne-ne mashaqqatlar, qiyinchiliklar o‘tgan. Shu azoblardan qutulib, endi oyoqni uzatib hordiq chiqaraman deganda, so‘qqabosh bo‘lib qolsang, alam qilmaydimi? Odamzot qariganda faqat o‘tmishni eslaydi. U yaxshimi, yomonmi — bari bir. Uning ertasi, shirin-shakar niyati, orzulari yo‘q. Ammo o‘sha o‘tgan kunlarini birga eslash uchun ulfat bo‘lishi kerakmi?Men kimga aytaman dardimni, kim tushunadi? Uch yildan beri shu ahvoldaman. Eshonqul bilan dardlashardik, hazillashardik, o‘tgan-ketgan haqida eslashib o‘tirardik. Endi yo‘q u gaplar. Hammasi tugadi...
— Qo‘ying, ota, ko‘p qiynamang bizardi,— dediagronom.— Axir bizni yashashga, hayotdan zavqlanishgao‘zingiz o‘rgatgansiz-ku. Nima bo‘ldi endi sizga, bunchatushkunlikka tushib qoldingiz?
— Xafa qilganim uchun meni kechiringlar... Yolg‘izyashash og‘ir bo‘larkan. Yolg‘izlik Ollohga yarashadi, debbekorga aytishmagan-da. Xudoga shukur, senlarday esli-hushli, aqlli bolalarim bor. Bundan nolimayman. Ammo tengqurlarning o‘rni bo‘lakcha, ulardan ayrilishning dardi ham og‘ir. Ustun sinsa, ustunga zo‘r keladi. Bu dunyoga hech kim ustun bo‘lmaydi, ammo hamma ustunlarning yukini ko‘tarish ham oson emas-da. — Ota og‘ir tin oldi. O‘tirganlarga birma-bir zehn solib chikdi. — Mana, bolam, sen agronomsan, o‘zingga yarasha oshna-og‘ayning, ulfatlaring bor. Shular bilan yayraysan, ochilib gurunglashasan. O‘g‘lingning jo‘ralari bilan o‘z oshnalaringday yoyilib suhbat qurolmaysan-ku, to‘g‘rimi... Uning ustiga katta enang ham erta kunda yo‘lga tusha qoldi. Umri qisqa ekan rahmatlini...
Otaning gapini hamma ma’yus holda tinglar, yelkasidan og‘ir bir yuk bosganday boshini xam qilib o‘tirishar, biron-bir so‘z deyishga hech kimning quvvati, madori yetmasdi.
* * *
Qishloq qariyalari to‘planib Joniqul otaning oldiga keldi.
— Ota, bo‘ling,— dedi oqsoqollardan biri. — Janozaga aytishdi. Borib kelaylik.
Otaning qovoqlari solingan, juda xomush, gapirgisi ham kelmasdi.
— Nimaga pakarsiz, ota? Mazangiz yo‘qmi?
— Ha, tobim yo‘q, og‘riyapti, dilim og‘riyapti. Buqanday gap, axir, yoshgina yigit-a. Bir yil ichida uchtanavqiron ketdi-ya. Birini moshina bosgan, birovitraktorning tagida qolgan... Bunga chidab bo‘ladimi?Bu yil juda og‘ir keldi-da.
— Ilon yili og‘ir bo‘ladi deysiz-ku, o‘zingiz.
— Lekin bunchalikmas-da. Nima balo, ilon dumibilan tushganmikan suvga?
— Buyam Olloning irodasi-da. Qani, bo‘la qoling,tezroq boraylik.
Otaning qo‘llari qaltirar, o‘zini bosolmasdi.
— Qanday boraman, qaysi yuz bilan?
— Sizda nima ayb? Qaysi yuz bilan deganingiznimasi?
— Qaysi kuni ko‘ruvdim-a, rahmatlini. Mana shuyerda, darvozada... Yo‘q, men bormay qo‘ya qolay...
Oqsoqollar otani hol-joniga qo‘yishmadi:
— Keksayib juda vahimachi bo‘lib qopsiz o‘zi.
O‘sha kuni ta’ziyadan qaytayotib Joniqul otaningeti uvishdi. Qattiq namgarchilik ta’sir qildimi, uyga kelib yotib qoldi. Otaning a’zoi-badani olov bo‘lib yonardi. Biroq ota buni hech kimga bildirmas, tishini-tish iga bosib jim yotardi. Xuftonga borib ko‘zi ilindi. Tush ko‘rdi. Qadrdoni Eshonqul uni qidirib-qidirib, oxiri topib olganmish. «E, jo‘ra, qayoqlarda qolding yolg‘iz o‘zing», dermish. Joniqulota bo‘lsa «Nimaga yolg‘iz deysan? Bolalarim-chi, nevaralarim, qishloq odamlari-chi?» — depti hayron bo‘lib. «E, ularni qo‘y. Senga hamroh bo‘larmidi ular. Yoshlar o‘z kunini ko‘rsin. Ularning yo‘rig‘i bo‘lak, bizniki bo‘lak. Qani, yur, ketdik», deb Joniqul otani qayoqqadir yetaklab ketganmish. «Hoy, to‘xta, men bolalarimga aytay, keyin qidirib yurishmasin», desa ham quloq solmasmish.
Ota uyqusida ko‘p alahsiradi. Boshida o‘tirgan bolalari issig‘i ko‘tarilganidan, deb o‘ylashdi. Ota cho‘chib uyg‘ondi-yu atrofga alangladi.
— Qani? Qayoqqa ketdi?
Bosh tomonida o‘tirgan katta o‘g‘li otasining peshonasiga qo‘lini qo‘ydi. Issiq!
— Kim? Hozir keladi, hozir.
Ota bir dam vassajuft shiftga qarab xayol surdi. Keyin asta o‘g‘liga yuzlandi.
— Endi yotinglar, bolalarim. Dam olinglar. Ertaga charchaysilar hali. Vaxliroq turinglar, — dedi. Uning tovushi juda xasta, siniq chiqdi.
...Azonda Joniqul otaning uyidan eshitilgan«Otam-ey, otam-ey», degan ovoz sukunat qa’rini tilka-pora qilib, qishloq uzra yoyildi...
1979 yil.