Rossiyada migrantlar uchun davlat bojlari 12 barobargacha qimmatlashi kutilmoqda

Vaqtincha yashash taxminan 350 dollarga tushadi

Rossiya hukumati migratsiya hujjatlari uchun to‘lovlarni sezilarli darajada oshirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Asosiy o‘zgarishlarga ko‘ra, Rossiya fuqaroligini olish 4 200 rubldan 50 000 rublgacha oshadi; yashash ruxsatnomasi («vid na jitelstvo): 6 000 rubldan 30 000 rublgacha ko‘tariladi. Vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi («razresheniye na vremennoye projivaniye»): 1920 rubldan 15000 rublgacha oshadi;

Taklifnoma va vizalar uchun to‘lovlar ham bir necha barobar qimmatlashadi.

Shuningdek, xorijlik talabalar uchun yashash ruxsatnomasi 8 000 rubl, chet el ishchilarini jalb qilish (15 000 rublgacha) va yo‘qolgan hujjatlarni tiklash (5 000 rubl) ham qimmatlashadi.

Ayrim toifalar, jumladan, Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzganlar va vatandoshlarni qayta ko‘chirish dasturi ishtirokchilari bojlardan ozod etiladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar byudjetga 2026 yilda qo‘shimcha 7,9 mlrd. rubl, 2027 yildan boshlab esa yiliga taxminan 15,8 mlrd. rubl daromad keltirishi mumkin.

Yangi qoidalar 2026 yil 1 iyuldan kuchga kirishi kutilmoqda.