Viloyat IIB katta tezkor xodimi 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Samarqandda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasining jinoyat qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor xodimining noqonuniy xatti-harakatining oldi olindi.

Ya’ni, tezkor xodim o‘zining mansabdor tanishlari orqali, Samarqand shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida ayblanuvchilar sifatida o‘tayotgan 1994 yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli qismini Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan tugatish hamda 2003 yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan “uy qamog‘i” ehtiyot chorasini qo‘llagan holda, uni ozodlikda qoldirish evaziga 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.